Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik

Chegaralardan tashqarida ham yoningizdamiz

Transchegaraviy masalalarda mijozlarimiz manfaatini xorijdagi hamkor yuridik firmalar orqali ham himoya qilamiz — bitta murojaat bilan ikki yurisdiksiyada ishlaysiz.

TURKIYA

Duran Law and Consultancy

Turkiyalik hamkor yuridik firma bilan hamkorlik memorandumi doirasida ishlaymiz. Bu hamkorlik mijozlarimizga Turkiya hududidagi huquqiy masalalarni Toshkentdan turib hal qilish imkonini beradi.

  • Turkiyada sud va arbitraj jarayonlarida mahalliy vakillik
  • Turk kompaniyalari bilan shartnomalarni ikki yurisdiksiya nuqtai nazaridan ekspertiza qilish
  • Hujjatlarni legallashtirish va rasmiy organlar bilan ishlash
  • O'zbek tadbirkorlarining Turkiyadagi biznesini huquqiy qo'llab-quvvatlash
HAMKORLIK TARMOG'I

Xalqaro hamkorlikka ochigmiz

Xorijiy yuridik firmalar bilan hamkorlik tarmog'imizni kengaytirib bormoqdamiz. Mijozlaringizning O'zbekistondagi masalalari bo'yicha ishonchli mahalliy hamkor izlayotgan bo'lsangiz — bog'laning.

HAMKORLIK TAKLIFI YUBORISH →

Hamkorlik doirasi

"Capstone & Legal Partners" advokatlik firmasi Turkiyaning Duran Law and Consultancy firmasi bilan hamkorlik memorandumini imzolagan bo'lib, ushbu hamkorlik doirasida mijozlarga Turkiya hududida kompleks yuridik xizmatlar ko'rsatish yo'lga qo'yilgan.

Hamkor firma Turkiyada jismoniy shaxslar uchun migratsiya, yashash va ishlash ruxsatnomalari, fuqarolik masalalari bo'yicha huquqiy yordam ko'rsatadi. Shuningdek, yuridik shaxslar uchun biznesni tashkil etish, kompaniya ro'yxatdan o'tkazish, investitsion loyihalarni huquqiy qo'llab-quvvatlash hamda shartnomaviy munosabatlarni tartibga solish yo'nalishlarida xizmatlar taqdim etadi.

Mazkur hamkorlik, xususan, O'zbekiston va qo'shni Markaziy Osiyo davlatlaridan Turkiyaga borayotgan fuqarolar, shuningdek Turkiyadan O'zbekistonga kirib kelayotgan jismoniy va yuridik shaxslar uchun samarali va ishonchli huquqiy yordam ko'rsatishni ta'minlaydi.