Bizning jamoa

Bizning jamoa

Ishingiz ortida turadigan mutaxassislar

"Capstone & Legal Partners" advokatlik firmasi siz uchun murakkab va ko'p qirrali huquqiy masalalar bo'yicha kompleks yuridik yordam ko'rsatadi.

Advokatlik firmasi jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga ixtisoslashgan bo'lib, ularning faoliyatida yuzaga keladigan huquqiy masalalar, risklar va nizolarni samarali boshqarish va hal etishda ishonchli hamkor sifatida xizmat qiladi.

Shuningdek, "Capstone & Legal Partners" advokatlik firmasi yuridik shaxslar uchun doimiy huquqiy xizmat (yuridik xizmat ko'rsatish)ni ta'minlab, ularning kundalik faoliyatini huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlaydi.

Bugungi kunga qadar firma 1500 dan ortiq ishlar bo'yicha muvaffaqiyatli tajribaga ega bo'lib, mijozlar ishonchini qozonib kelmoqda.

Shohrux UmirzoqovSU

Shohrux Umirzoqov

Boshqaruvchi sherik (ta'sischi) · Advokat | Mediator

Iqtisodiy va fuqarolik sud ishlari bo'yicha advokat, professional mediator. Amaliyotining asosiy yo'nalishi — xalqaro arbitraj hamda xorijiy sud va arbitraj qarorlarini O'zbekistonda tan olish va ijro etish.

Xalqaro arbitrajMediatsiyaBankrotlikNeft-gaz va energetikaLitsenziyalash
BATAFSIL
Og'abek TohirxonovOT

Og'abek Tohirxonov

Sherik (hamta'sischi) · Advokat | Soliq maslahatchisi

Iqtisodiy va fuqarolik sud ishlari, mehnat nizolari hamda soliq huquqi bo'yicha ixtisoslashgan advokat. INCOTERMS va FIDIC kontraktlari bilan bog'liq xalqaro loyihalarda boy amaliy tajribaga ega.

Soliq huquqiFIDICINCOTERMSMehnat nizolariDavlat xaridlari
BATAFSIL