Shohrux Umirzoqov
SUShohrux Umirzoqov
Shohrux Umirzoqov iqtisodiy va fuqarolik sud ishlari bo'yicha ixtisoslashgan tajribali advokat hamda professional mediator. Uning amaliyotining markazida xalqaro arbitraj hamda xorijiy sudlar va arbitraj qarorlarini O'zbekistonda tan olish va ijro etish bilan bog'liq ishlar turadi — u ushbu yo'nalishdagi ko'plab ishlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Bu tajriba, ayniqsa, xorijiy investorlar va transchegaraviy faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. U arbitraj va hakamlik sudlarida samarali vakillik tajribasiga ega bo'lib, mediator sifatida ko'plab nizolarni sudgacha hal etishga erishgan.
Shu bilan birga, u ma'muriy va jinoyat ishlari bo'yicha ham ixtisoslashgan: ma'muriy huquqbuzarliklar va jinoiy javobgarlik masalalarida fuqarolarga huquqiy yordam ko'rsatib kelmoqda.
Tadbirkorlik subyektlariga kompleks yuridik xizmat ko'rsatishda — xususan litsenziyalash jarayonlari, transchegaraviy bankrotlik, neft-gaz va energetika, qurilish hamda xalqaro xususiy huquq bilan bog'liq masalalarda yuqori malakali mutaxassis hisoblanadi.
O'z faoliyatini davlat tuzilmalarida — transport prokuraturasida boshlagan bo'lib, u yerda transport infratuzilmasini tashkil etish, shartnomaviy munosabatlarni tartibga solish va INCOTERMS qoidalari bilan ishlash bo'yicha chuqur tajriba orttirgan. So'ngra advokatlik sohasiga o'tib, qisqa muddat ichida amaliy tajriba va mijozlar ishonchini shakllantirgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro huquq fakultetini tamomlagan; magistraturani Italiyaning Rome Business School va Ispaniyaning Universidad Internacional de Valencia qo'shma dasturi doirasida "Xalqaro biznes va korporativ huquq" yo'nalishida o'qigan. Hozirda JIDUning fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasida dars berib, bo'lajak huquqshunoslarni tayyorlashda ishtirok etadi.
IXTISOSLIK YO'NALISHLARI
NASHRLAR
- Legal and Strategic Evolution of International Joint Ventures: Case Studies of Sony-Ericsson, Daimler-Chrysler, and Renault-Nissan
- Unification of Simplified Proceedings in Civil and Economic Procedural Law
- Current Issues of Implementing the Astreinte Institution: Enhancing the Efficiency of Court Decision Enforcement in Uzbekistan
- The Impact of Artificial Intelligence on Alternative Dispute Resolution in Civil Law
- Arbitraj sudlarida nizolarni hal etishning zamonaviy tendensiyalari