Huquqiy xabarnomalar

Huquqiy xabarnomalar

Huquqiy xabarnomalar

Yangi qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha qisqa tahlillar: nima o‘zgardi, qachon kuchga kiradi va tadbirkor uchun amalda nimani anglatadi. Har bir xabarnoma o‘zbek, rus va ingliz tillarida.

Yo‘nalish:
  1. PF-177Xususiylashtirish

    Xususiylashtirishda yangi shartlar: davlat aktivlarini sotib olish tartibi

    84 ta jamiyatdagi ulush, 1 242 ta ko‘chmas mulk va 8 ming gektar yer savdoga chiqariladi. Avans 15 foiz, 25 foizlik chegirma hamda 5 va 7 yillik foizsiz bo‘lib to‘lash — qiymat chegarasi bilan birga tahlil qilingan.

    Imtiyozlar rasmiylashtirilgan shartnomalarga ham tatbiq etiladi

    PDF yuklab olishO‘zbekcha, ruscha, inglizcha
  2. PF-174Bojxona va tashqi savdo

    Bojxona ma’murchiligi islohoti: tashqi savdo uchun yangi tartib

    1-sentabrdan beshta talab bekor qilindi — invoys asosidagi importda oldindan to‘lov cheklovi, eksportda 50 foiz tushum va boshqalar. Bojxona qiymati nazorati, dastlabki deklaratsiya va yagona bojxona to‘lovi 2027-yilda qayta quriladi.

    Birinchi yengilliklar 2026-yil 1-sentabrdan amalda

    PDF yuklab olishO‘zbekcha, ruscha, inglizcha
  3. 443-sonDavlat ko'magi

    Turistik startaplar uchun subsidiya: ariza berishdan to‘lovgacha

    Xarajatlarning 50 foizi, 1 mlrd so‘mgacha, yiliga eng yaxshi 10 ta loyihaga. Muddatlar jadvali, baholash mezonlari va rad etishning yopiq to‘rt asosi tahlil qilingan.

    Ariza har chorak yakunining 20–25-sanalarida topshiriladi

    PDF yuklab olishO‘zbekcha, ruscha, inglizcha
  4. PF (Odil sudlov)Sud va protsess

    “Odil sudlov – 2030”: sud islohoti fuqarolar va biznes uchun

    Hududlararo sudlar, “Pretsedentlar” reyestri, iqtisodiy ishlarni proaktiv boshqarish standarti va “asosli gumon” (prima facie) mezoni — muddatlari bilan.

    Asosiy o‘zgarishlar 2027–2028-yillarda kuchga kiradi

    PDF yuklab olishO‘zbekcha, ruscha, inglizcha
  5. QonunTadbirkorlik huquqi

    Tadbirkorlik erkinligi kafolatlari: qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar

    Yettita prinsip qonunlashtirildi, ta’sir choralari sud nazoratiga o‘tdi, majburiy talablarning yagona reyestri joriy etildi, jarimalar bo‘yicha 50 foizlik to‘lov va olti oylik bo‘lib to‘lash paydo bo‘ldi.

    Yakuniy matnni lex.uz orqali tekshiring

    PDF yuklab olishO‘zbekcha, ruscha, inglizcha

Materiallar umumiy axborot xarakteriga ega va muayyan holat bo‘yicha yuridik maslahat o‘rnini bosmaydi. Hujjatlarning yakuniy tahririni lex.uz orqali tekshiring.